Gruziyaning sobiq prezidenti va Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukrainaning ZIK telekanalidagi “Drugaya Ukraina” dasturining boshlovchisiga aylandi.
U o`zining Facebook sahifasida faqatgina uning dasturida “Ukraina shunday tasvirlanishi, boshqa birorta kanal uni bunday ko`rsata olmasligi” haqida yozdi.
“Axborotlar qamalining qisman buzilishi bugunning muhim xabarlaridan biridir. ZIK telekanalida “Drugaya Ukraina”ning ilk dasturini yozdik. Har hafta mazkur ko`rsatuv orqali boshqa hech qaysi kanal Ukraina haqida ko`rsatmaydigan, xalqqa oshkor etilmagan ma`lumotlar bilan tanishtirib boraman”, deb yozdi ijtimoiy tarmoqlarda Mixail Saakashvili.
Eslatib o`tamiz, Mixail Saakashvili Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan nizoga borganligi sababli Odessa viloyati gubernatori lavozimidan ozod etilgan edi. Iste`foga chiqqan Pyotr Poroshenko Ukrainada muddatidan ilgari prezident saylovi o`tkazishga chaqirib, ayni paytda hukumat tepasida haqiqiy korrupsiyachilar o`tirganini ma`lum qilgan edi.






