AsosiySport

JCh–2018 saralashidagi raqiblar: Eron kichik hisobda Xitoydan ustun keldi

'JCh–2018 saralashidagi raqiblar: Eron kichik hisobda Xitoydan ustun keldi 'ning rasmi

O`zbekiston terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhidagi raqiblari Eron va Xitoy terma jamoalari 7-turda bir-biriga to`qnash keldi.

Tehron shahridagi “Ozodi”maydonida bo`lib o`tgan o`yinda Eron terma jamoasi kichik – 1:0 hisobida Xitoydan ustun keldi. Uchrashuvdagi yagona golga 46-daqiqada Mehdi Taremi mualliflik qildi.

Mazkur uchrashuvdan keyin Eron terma jamoasi 17 ochko bilan “A” guruhida peshqadamlikni mustahkamlab oldi. Xitoy termasi esa 5 ochko bilan hozircha so`nggi – 6-o`ringa pastladi.

Avvalroq “A” guruhdagi boshqa raqiblar – Janubiy Koreya terma jamoasi Suriyani 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgani haqida xabar berilgandi.

JCh–2018 saralashi, 7-tur
Tehron, Eron
28 mart, seshanba

Eron – Xitoy 1:0

Gol: Mehdi Taremi (46)

Ogohlantirishlar: Izzatulloh (37), Shojai (39), Jahonbahsh (61)

Boshqa yangiliklar