JCh–2018 turiniga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turida O`zbekiston terma jamoasi Toshkentda Qatar futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.
“Bunyodkor” stadionida o`tkazilgan o`yinda O`zbekiston terma jamoasi 1:0 hisobida g`alaba qozondi. Uchrashuvning 65-daqiqasida Odil Ahmedov jarima zarbasini golga aylantirdi.
Ushbu g`alabadan keyin O`zbekiston terma jamoasi ochkolari sonini 12 taga etkazib oldi va uchinchi o`rinda qoldi. Qatar termasi esa 4 ochko bilan guruhda so`nggi – oltinchi pog`onaga tushib ketdi.
“A” guruhi 7-turida, shuningdek, Janubiy Koreya terma jamoasi Suriyani (1:0), Eron terma jamoasi esa Xitoyni (1:0) mag`lubiyatga uchratdi.
JCh–2018 saralashi, 7-tur
Toshkent, O`zbekiston
28 mart, seshanba
O`zbekiston – Qatar 1:0
Gol: Odil Ahmedov (65)
Ogohlantirishlar: Aziz Haydarov (21), Odil Ahmedov (40), Aleksandr Lobanov (83) – Sebastyan Soriya (67)
O`zbekiston: 21.Aleksandr Lobanov, 20.Aleksandr Merzlyakov, 5.Anzur Ismoilov, 2.Egor Krimes, 22.Davron Hoshimov, 7.Aziz Haydarov, 9.Odil Ahmedov, 23.Eldor Shomurodov, 8.Server Jeparov (17.Vadim Afonin, 81), 10.Sardor Rashidov (4.Marat Bikmaev, 60), 11.Igor Sergeev (14.Temurxo`ja Abduxoliqov, 86).
Qatar: 22.Saad Al Shib, 2.Muhammad Musa, 6.Muhammad Kasola, 7.Rodrigo Tabata (8.Ali Asadalla, 69), 9.Yosir Isa, 10.Hasan Al Haydos (19. Ali Almuaz, 78), 13.Ibrohim Majid, 15.Pedro Korreya, 16.Akrom Afif, 18.Luiz Junior, 23.Sebastyan Soriya.
| № | Jamoa | O`yin | G`alaba | Durang | Mag`lubiyat | T/N | Ochko |
| 1 | Eron | 7 | 5 | 2 | 0 | 6-0 | 17 |
| 2 | Janubiy Koreya | 7 | 4 | 1 | 2 | 9-7 | 13 |
| 3 | O`ZBEKISTON | 7 | 4 | 0 | 3 | 6-4 | 12 |
| 4 | Suriya | 7 | 2 | 2 | 3 | 2-3 | 8 |
| 5 | Xitoy | 7 | 1 | 2 | 4 | 3-7 | 5 |
| 6 | Qatar | 7 | 1 | 1 | 5 | 3-8 | 4 |






