1

​Dubayda erkaklarning “ko`nglini ovlagan” opa-singil qismati

Jinoyat 03.04.2017, 14:59
Teglar: Ayol, Qiz, fohisha
​Dubayda erkaklarning “ko`nglini ovlagan” opa-singil qismati

Salimova (ism-familiyalar o`zgartirilgan) u erinchoqlikmi, mashaqqatli mehnatga tobi yo`qmi, yo boshqa sababdanmi biror ijtimoiy foydali mehnat faoliyati bilan shug`ullanmasdi. Shu sababdan umri bekorchilikda o`tardi…

Kunlarning birida u dugonasi Sabina bilan internet orqali suhbatlashib qoladi.

— Ishlaringiz joyidami? — so`radi Go`zal dugonasidan.

— Rahmat, yaxshi, o`zingizda-chi? — Sabina ayni Go`zalning ko`nglidagi savolni berdi go`yo.

— E, so`ramang, bekorchilikdan zerikib ketdim. Menga mos biror yumush yo`qmi?

Go`yo Sabina ham Go`zaldan xuddi shunday e`tirozni kutgandek, birdan taklifini bildirdi:

— Rozi bo`lsangiz, menda bir ish bor, ishlaysizmi?

— Qanday ish ekan, ayting-chi, qo`limdan keladimi?

— Ha, albatta, Dubayga borib erkaklarni ko`nglini ovlash bilan shug`ullaning, yaxshigina pul topasiz. Tezda boyib ketasiz.

Bu taklif Go`zalni o`ylantirib qo`ydi.

— Qanday bo`larkan, u erlarga oldin bormagan bo`lsam? Qolaversa, yo`lkiraga ham pulim yo`q, — biroz sukunatdan so`ng tilga kirdi Go`zal.

— Xavotir olmang, bu masalani o`zim hal qilaman. Qizim sizga o`z hisobidan chipta sotib olib beradi. Pulini ishlab qaytarasiz, shunga nima deysiz?

— Rostdanmi? — kutilmagan himmatdan Go`zalning go`yo esi og`ib qoldi. — Menga taklifingiz ma`qul, roziman. Qachon jo`nayman? — savol ketidan savol berdi u.

— O`zimiz aloqaga chiqamiz, tayyorgarligingizni ko`rib turing.

Va`da qilingan “himmat”

Shu suhbatdan so`ng ma`lum vaqt o`tib, “himmatli” hamkor va`da qilgan aviachipta Go`zalning qo`liga etib keldi. Sabina dugonasi Go`zalga internetdagi muloqotlar orqali Dubayga qanday borish yo`llarini erinmasdan tushuntirdi. Go`zal esa mo`may daromad topish ilinjida ko`zlangan manzil tomon oshiqadi. Hatto shoshganidan O`zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan “Dunyoning barcha davlatlariga chiqish huquqini beruvchi ruxsat yozuvini” rasmiylashtirishni ham unutib qo`yadi.

Manzilda kutgan birinchi “syurpriz”

2015 yil, 30 avgust. Go`zal shu “himmat” orqasidan Birlashgan Arab amirliklari davlatining Dubay shahriga etib boradi. “O`lja”ni “saxovetpesha”ning o`zi va uning tanishi Shahina kutib oladilar.

— Salom, dugonajon, yaxshi etib keldingmi? — so`z boshladi Sabina.

— Rahmat, ozgina qiyinchilik bo`ldi. Birinchi marta uzoq safarga chiqishim-da.

— Xavotirlanma, hozir uyga borib, dam olsang, charchoqlar chiqib ketadi, — dedi Sabina. Keyin hamrohini tanishtirishdi va: — Sen bugundan boshlab, shu ayolning uyida yashaysan, — deb qo`shib qo`ydi.

— Tushunmadim, siz bilan suhbatlashganimizda bu inson haqida gapirmagandingiz-ku, — yuragida salgina qo`rquv bilan so`radi Go`zal.

— Aytish yodimdan ko`tarilibdi. Buning nima ahamiyati bor? Pashshadan fil yasamang, — jerkidi Sabina uni.

— Mayli, siz aytgancha bo`la qolsin, — boshqa so`z qotishga ojizlik qildi Go`zal.

— Fuqarolik pasportingiz qaerda?, — so`radi Sabina Go`zaldan. Bu savoldan Go`zalni yana hadiksiradi, ammo buni sezdirmaslikka urinib javob berdi:

— Mana, sumkamda. Tinchlikmi, uni nima qilasiz?

— Menga bering, bu ayolga beraman, — hamrohiga ishora qildi Sabina, — u ehtiyot qilib qo`yadi.

— Tanimagan odamimga qanday qilib hujjatimni ishonib topshiraman? — Go`zal endi qilgan ishini biroz tushungandek savol berdi.

— Bugundan boshlab u odam bizga boshliq hisoblanadi, vaziyatdan osongina qutuldi Sabina.

Ilk “saboq” va...

Keyin Sabina dugonasiga fohishalik qilishi uchun mijozni qanday kutib olish kerakligini va ularga qanday xizmatlar ko`rsatishi lozimligini, xullas uning belgilangan xizmatlarini tushuntirib berdi. Dugonasidan kerakli ko`rsatmalarni olgan Go`zal chet eldagi “faoliyatini” boshladi. Dastlab barchasi ko`ngildagidek davom etdi. Shu sababdan bo`lsa kerak, unda singlisini ham o`ziga sherik qilish fikri uyg`ondi.

— Hozir nimalar qilyapsan, bekorchi bo`lsang oldimga kelib ishlamaysanmi?” — dedi bir kuni singlisi bilan suhbatlashayotgan vaqtida.

— Qanday ish, opajon? — qiziqdi singil.

— Oddiy ish, bor-yo`g`i erkaklarni xursand qilsang bo`ldi. Buning evaziga yaxshigina haq to`lashadi, — singlisini qiziqtirdi Go`zal.

— Rostdanmi, biroz noqulay...

— Boshida shunaqa tuyuladi, o`rganib ketasan, — singilni taklifiga ko`ndirish uchun urindi opa.

— Mayli, roziman.

Singilni ko`ndirgan Go`zal bu haqda ota-onasiga aytmasligini, ularga Rossiyaga ishlashga ketayotganini bildirishini tayinladi.

— To`g`risini aytsang, ruxsat berishmaydi-da... — opa bu ta`kidlarini izohlagan bo`ldi. Go`zal singlisiga elektron aviabilet yuborilishini va`da qildi. Hatto singlisining xorijga chiqish ruxsatnomasi yo`qligiga ham yo`l topib berdi:

— Bunga hojat yo`q, noqonuniy kelaverasan, men ham shunday qilganman.

Qochishga undagan sog`inch qiynog`i

Nihoyat o`sha kun keldi. Singil katta orzular bilan chet el safariga yo`l oldi. Dubayga etib borganda uni opasining xo`jayini qarshi oldi hamda o`z uyiga olib ketdi. Ushbu boshliqning xonadonida opa-singil birgalikda ishlay boshlashdi. Oradan bir necha kunlar o`tib, opa-singillarni yurt, ota-ona, do`st-birodarlar sog`inchi o`rtaydi. Shu sababli ular boshlig`idan uyga ketish uchun ruxsat so`raydilar.

— Mana, begona yurtga kelganimizga ham ancha vaqt bo`ldi. Pasportlarimizni bersangiz, chipta olib uyga jo`nasak.

— Hech qaerga ketmaysanlar, — javob berdi boshliq.

— Nega? — boshliqning gapidan hayratlanib so`radi opa-singil. Keyin opa-singil bu erga kelgunlaricha boshliqning sarflagan pullarini to`lamaguncha, hech qaerga keta olmaslik haqidagi “saxovatpesha”ning da`vosidan keyin yana ishlashda davom etishga majbur bo`lishdi. Chunki hujjatlar “zalog”da. Hujjatlarsiz esa ostona hatlab chiqishning umuman iloji yo`qligini yaxshi bilishadi. Bechora opa-singillar boshliqning vajohatidan qo`rqib, ishlashda davom etishsa-da, bunday ishlashga ortiq chiday olmasliklarini bilib imkon tug`ilishi bilan qochishni rejalashtirishdi.

Kunlarning birida vaziyat paydo bo`lib, xonadonni tark etdilar. Ular to`g`ri BAAning Dubay shahridagi O`zbekistonning elchixonasiga borishdi. Bu erdagi insonlarga o`zlarining boshidan o`tgan voqealarni so`zlab berishdi hamda ulardan ko`mak so`rashdi. Shundan so`ng elchixona xodimlari yordami bilan ular uylariga qaytishdi. Ammo Toshkent xalqaro aeroportiga kelib tushishgan vaqtida chegara nazorat xodimlari tomonidan ularning fuqarolik pasportlari tekshirildi. Tekshiruv vaqtida esa ularning belgilangan tartibni buzib, BAAning Dubay shahriga borganliklari aniqlandi. Endi ularning bu jinoyati javobsiz qolmaydi.

Xulosa

Inson hayvondan ongu shuuri, oqni qoradan ajrata olishi bilan farqlanishi hayot haqiqati. Ammo o`zini chohga urgani etmagandek, singlisini ham botqoqqa botirgan opani inson deya e`tirof etish mumkinmi? Bir so`z bilan aytsak, yo`q. To`g`ri, ular qilgan jinoyati uchun albatta jazosini oladi, ammo inson umri degan ne`matning qadrli lahzalarini nojo`ya ishlarga sarf etib, harom eyilgan luqmadan xalos bo`la olishadimi? Bizningcha, agar ular qilgan nojo`ya harakatidan to`g`ri xulosa chiqargan bo`lsa, bunday haromlik ularning bo`g`zini bir umr tirnab o`tishi shubhasiz, ammo agar aksi bo`lsa...

Shunday ekan, umrimizning har soniyasini mazmunli ishlarga sarf etaylik.

Xorazm viloyati, Qo`shko`pir tuman sudi hukmi asosida

Zuhriddin RAHMONOV tayyorladi

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Toshkentda qiz sevgilisini pichoqladi, omon qolgan yigit hali ham unga o`ylanish niyatida (video)

16.12.2019, 11:35

Toshkentdayigit va qiz o`rtasida rashk sababli kelib chiqqan janjal oqibatida qiz sevgilini pichoqladi. Yigit esa baxtli tasodif bilan omon qolgan. Bu haqda «Zamon» axborot dasturida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1