4 aprel kuni Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori imzolandi.
Qarorga ko`ra, yolg`iz va kam ta`minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar joyi va uy xo`jaliklarini ta`mirlash va obodonlashtirish belgilangan.
Shuningdek qarorda o`z uy-joyiga ega bo`lmagan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga turar joy ajratish bo`yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirildi.






