AsosiyJamiyat

​Prezident Shavkat Mirziyoev Moskvaga keldi

'​Prezident Shavkat Mirziyoev Moskvaga keldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4 aprel kuni davlat tashrifi bilan Moskvaga keldi. Moskvadan O`zA maxsus muxbiri Abu Bakir O`rozov xabar qiladi.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan “Vnukovo-2” aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlatimiz rahbarini Rossiya Federasiyasi hukumati a`zolari kutib oldi.

Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin O`zbekiston bilan Rossiya o`rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashadilar.

Mamlakatimiz Prezidentining davlat tashrifi chog`ida ikki davlat Prezidentlarining Qo`shma bayonoti, O`zbekiston bilan Rossiyaning turli sohalardagi hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan 50 dan ortiq hujjat imzolanishi mo`ljallangan.

Tashrifning asosiy voqealari 5 aprelga belgilangan.

Boshqa yangiliklar