“Islom davlati” terrorchilik guruhi a`zolaridan biri amerikaliklarga xat bilan murojaat qilib, ilk marotaba AQSh prezidenti Donald Trampning ismini yodga oldi, deb xabar berdi “News.mail.ru” nashri.
“Siz inqirozga yuz tutdingiz, bu aniq va ravshan ko`rinib turibdi. Na Suriya, na Iroq, na islom haqida muayyan tushunchaga ega bo`lmagan bir tentakning mamlakatingizni boshqarayotganligi buning yaqqol dalilidir”, deb yozilgan murojaatda. Mazkur murojaat Abi al-Hasan al-Muhojir ismli terrorchi nomidan yozilgan bo`lib, Telegram messenjeri orqali tarqatilgan.
Shu bilan birga murojaatda Trrampning “Islom davlati” terrorchilik guruhi bilan kurashni o`z siyosatining muhim jihatiga aylantirgani, Amerika xusumat va adovatdan ajalga yuz tutishi ham aytib o`tilgan.