1

​O`zbekiston Prezidentining Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan Xalq qabulxonalari manzillari e`lon qilindi

Jamiyat 05.04.2017, 10:27
Teglar: Toshkent, Prezident
​O`zbekiston Prezidentining Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan Xalq qabulxonalari manzillari e`lon qilindi

O`tgan davr mobaynida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi va tumanlardagi Xalq qabulxonalariga 2334 ta yozma va og`zaki murojaat kelib tushdi. Fuqarolar bevosita shahar Xalq qabulxonasiga 1699 marta yozma va og`zaki tarzda murojaat qilishgan.

Murojaatlarning 32,3 foizi sud-huquq, 30,3 foizi uy-joy, 12,8 foizi ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy, 9,4 foizi qurilish va kommunal, 9,3 foizi iqtisodiyot va tadbirkorlik, 5,9 foizi yoshlar siyosati, mahalla fuqarolar yig`ini va jamoat tashkilotlari bo`yicha masalalarni qamrab olgan.

Fuqarolarning joyda echimini topishi mumkin bo`lgan murojaatlari fuqaro qabuli davomida hal etib kelinmoqda. Murojaatlar tegishliligi bo`yicha mutasaddi davlat va xo`jalik boshqaruvi organlariga yuborilib, ularning ijrosi o`rganib borilmoqda.

Toshkent shahridagi tuman va shahar Xalq qabulxonalariga qilingan 1316 ta og`zaki murojaat ko`rib chiqilib, murojaat etuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari bo`yicha tushuntirishlar berildi. Tegishli davlat tashkilotlar bilan bog`lanib, ular tomonidan murojaatlarning ko`rib chiqilishi ta`minlanmoqda.

Bevosita shahar bo`yicha Xalq qabulxonalariga tushgan yozma murojaatlarning 14 foizi yuqori turuvchi davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari vakolatlari doirasiga taalluqli bo`lib, ular O`zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga kiritildi. Qolgan 86 foiz murojaatlarda ko`tarilgan masalalar Toshkent shahridagi mutasaddi davlat va xo`jalik boshqaruvi organlariga ijro uchun jo`natildi.

Shuningdek, tuman hokimliklarida, korxona, tashkilot va muassasalarda fuqarolar qabulxonalari tashkil qilindi. Ushbu qabulxonalarda fuqarolarni qabul qilish, ularning og`irini engil etish bo`yicha samarali ishlar keng yo`lga qo`yildi.

Quyida esa Toshkent shahridagi va tumanlardagi Xalq qabulxonalarining manzillarini keltirib o`tamiz.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi va tumanlardagi Xalq qabulxonalari dushanba-juma kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha ishlaydi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko`chasi, 14-uy manzilida joylashgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahri tumanlarida faoliyat yuritayotgan Xalq qabulxonalari manzillari:

Bektemir tumani — Husayn Boyqaro shoh ko`chasi, 2-uy.

Mirobod tumani — Nukus ko`chasi, 18-uy.

Mirzo Ulug`bek tumani — Qalandar ko`chasi, 2-uy.

Sergeli tumani — Sergeli 3-dahasi, Obihayot ko`chasi, 3a-uy.

Olmazor tumani — Talabalar ko`chasi, 54-uy.

Uchtepa tumani — Chilonzor 26-mavze, 1B-uy.

Shayxontohur tumani — To`raqo`rg`on ko`chasi, 1a-uy.

Chilonzor tumani — Chilonzor 2-mavze, Arnasoy ko`chasi, 32-uy.

Yunusobod tumani — Osiyo ko`chasi, 4a-uy.

Yakkasaroy tumani — Shota Rustaveli ko`chasi, 85-uy.

Yashnobod tumani — Aviasozlar ko`chasi, 7a-uy.

Sharhlar

Toshkentda o`rtacha oylik ish haqi 8 mln so`mdan oshdi

29.04.2024, 14:00

2024 yilning yanvar-mart oylarida nominal hisoblangan ish haqi o`rtacha 8 mln.ni tashkil etadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.  Ish haqining eng yuqori ko`rsatkichlari Toshkent...
Toshkentda ijara narxlari pasaydi(mi?)

22.04.2024, 15:52

Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari ma`lum qildi. 2024 yil mart oyida fevralga nisbatan poytaxtda o`rtacha ta`mirlangan xonadonlar ijara...
Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1