AsosiyJamiyat
4967

​Toshkentda ayol haydovchi boshqaruvidagi Matiz avtomobilida 1-sinf o`quvchisini urib yubordi

'​Toshkentda ayol haydovchi boshqaruvidagi Matiz avtomobilida 1-sinf o`quvchisini urib yubordi'ning rasmi

1 aprel, shanba kuni Toshkentning Yashnobod tumanida “Matiz” boshqarib ketayotgan ayol haydovchi birinchi sinf o`quvchisini urib ketdi. Qizcha turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga etkazildi, deb xabar beradi “Novosti Uzbekistana” nashri.

Ma`lumotlarga ko`ra, 37 yoshli ayol “Matiz” “Aviasozlar-4” mavzesidagi 39-raqamli uy qarshisida 244-maktabning 1-sinf o`quvchisini urib ketgan. Toshkent IIBB YHXB matbuot xizmatining xabar berishicha, qizcha 4-shahar klinik shifoxonasiga turli jarohatlar bilan olib ketilgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, qizcha yo`lni belgilanmagan joydan kesib o`tayotgan bo`lgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari o`tkazilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar