Bugun ikki nafar samarqandlik futbolchi avtohalokatga uchradi, ulardan biri vafot etgan, biri og`ir ahvolda, deya xabar beradi Tribuna.uz nashri.
O`zbekiston chempionati birinchi ligasida ishtirok etuvchi “G`allakor” jamoasining ikki nafar futbolchisi avariyaga uchragan. Bu haqda Usmon Ibodov o`z tvitterida yozib qoldirgan.
“G`allakor” jamoasida to`p surayotgan samarqandlik futbolchilar Nurbek Safarov va Tehron avtohalokatga uchradi.
Tehron vafot etdi, Nurbek koma holatida...”, - deb yozadi “Dinamo” FK matbuot kotibi.
4 aprel kuni birinchi liga 1-turi doirasidagi “G`allakor” – “Istiqlol” uchrashuvi bo`lib o`tgan va unda mehmonlar 1:0 hisobida g`alaba qozonishgandi. Ikki futbolchi shu o`yinni o`tkazib Samarqandga qaytayotgan bo`lgan.