AsosiyDunyo

​Fotoshop orqali qizini “xavfli vaziyatlar”ga qo`ygan fotosuratchi (Foto)

'​Fotoshop orqali qizini “xavfli vaziyatlar”ga qo`ygan fotosuratchi (Foto)'ning rasmi

Irlandiyalik fotosuratchi bir yarim yoshli qizining og`ir dardga chalinganiga e`tibor qaratish maqsadida uni fotoshop orqali “xavfli vaziyatlar”dagi suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiradi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.

Dublin shahrida yashovchi dizayner Stiven Krouli (Stephen Crowley) fotoshop orqali qizi Xannani “xavfli vaziyatlar”ga qo`yadi. U qizining pichoq ushlab turganini yoki baland joyda o`tirganini fotoshop qilgan.


Otaning fikricha, qizining bunday xavfli holatlarda o`tirishi tomoshabinlarning asabiga tegadi. Stiven bu suratlarning fotoshop ekanligini tushuntirishga ulgurmay, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uni befarq otaga chiqarib, turli-tuman norozilik izohlarini yozishdi.


18 oylik Xanna juda kam uchraydigan immun faoliyatining buzilishi kasalligiga uchragan. Xanna kichkina bo`lishiga qaramay, kimyoterapiya muolajasini olgan va anonim donordan olingan ilik ko`chirib o`tkazish operasiyasini boshdan kechirgan. Shuncha azob chekkaniga qaramay, Xanna quvnoqligini yo`qotmagan, u hayotni sevadi.


“Shuncha azobni, dardni ko`tarib yurganiga qaramay, Xanna tabassum qilishdan charchamaydi, hazilni yaxshi tushunadi. U bir yoshga to`lgunga qadar ancha vaqt yo`qotganligimiz sababli endi uni tinimsiz suratga tushiryapmiz”, deydi uning otasi, fotosuratchi Stiven Krouli.


Fotosuratchi olgan suratlari internetda mashhur bo`lganidan foydalanib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga qizi chalingan kasallik va Be The Match ilik reestri haqida ma`lumot berishni lozim topdi. Mazkur reestr ilik ko`chirib o`tkazish operasiyasiga muhtoj bo`lgan odamning donor bilan bog`lanishiga, aloqa o`rnatishiga yordam beradi. Kroulining ma`lumot berishicha, dunyo bo`yicha 27 million donordan faqatgina 3 nafari Xannaga to`g`ri kelar ekan.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar