Toshkent shahar IIBB tomonidan profilaktika kuni doirasida o`tkazilgan matbuot brifingida hafta davomida fosh etilgan jinoyatlar xususida ma`lumot berildi.
2017 yilning mart oyida ichki ishlar idoralari kiymida o`zini O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi deb tanishtirib, Yashnoobod tumanida yashovchi fuqarodan o`zi ijarada yashab kelayotgan xonadonni go`yoki otasiga tegishli ekanligini aytib, uni sotishi haqida yolg`on gapirib, ayolning jami 12 million so`m pulini olgan firibgar qo`lga olindi. Holat yuzasida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo`yicha firibgarlik yo`li bilan o`zgalar mulkini qo`lga kiritish yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Podpolkovnik unvonidagi formani kiyib yurgan bu shaxs aslida 1992 yili Samarqand viloyatida tug`ilgan muqaddam uch marotaba firibgarlik jinoyati uchun sudlangan, vaqtincha ishsiz, ichki ishlar idoralarida ishlamaydigan Alimqulov Javohir ekanligi aniqlandi.
Undan daliliy ashyo sifatida ichki ishlar idoralari xizmat kiymi, qalbakilashtirilgan xizmat guvohnomasi olindi. U 2016-2017 yillarda shuningdek Toshkent fuqarolaridan 73 mln. so`mlik , 2,8 mln. so`mlik, 22 mln so`mlik pul va buyumlarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlandi. Samarqand viloyati IIB tomonidan bu shaxs samarqandlik ayrim fuqarolarni chuv tushirgani uchun qidiruvda bo`lgan.
Toshkent shahar IIBB bu shaxs tomonidan jabrlangan fuqarolarning, ichki ishlar idoralariga xabar berilishi so`raladi.






