O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sevara Nazarxon kamdan-kam hollarda oilaviy suratlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtiradi.
Shuning uchun bo`lsa kerak xonanda tomonidan Instagram`da e`lon qilingan oilaviy suratlar har doim ham muxlislar tomonidan katta qiziqish va muhokamalar bilan kutib olinadi.
Yaqinda Sevara turmush o`rtog`i, o`g`li Dengiz va qizi Imon Anvar bilan tushgan yangi suratini o`zining shaxsiy sahifasiga joylashtirdi.
Surat qisqa fursat ichida 20 mingdan oshiq “layk” yig`di va qizg`in muhokamalarga sabab bo`ldi. Internet foydalanuvchilari izohlarda xonandaning xavas qilgulik oilasi borligini aytib, Sevaraga baxt-saodat tilagan.
Ma`lumot uchun, Sevara Nazarxon oilasi bilan Buyuk Britaniyada istiqomat qiladi.