AsosiySport

Madrid derbisidan oldin Ronalduni maydonda ko`rishni istamagan futbolchilar oshkor bo`ldi

'Madrid derbisidan oldin Ronalduni maydonda ko`rishni istamagan futbolchilar oshkor bo`ldi'ning rasmi

Madridning "Real" jamoasi futbolchilari "Atletiko"ga qarshi o`yin oldidan bosh murabbiy Zinedin Zidan bilan uchrashishgan. Bu haqda Uff.uz nashri ma`lum qilmoqda.

Ronalduni asosiy tarkibda maydonga tushirmaslikni so`rab murojaat qilgan futbolchilar soni talaygina. Don Balon nashrining yozishicha, ular Garet Beyl, Luka Modrich, Toni Kroos bo`lsa, bir qator yosh futbolchilar – Alvaro Morata, Marko Asensio va Lukas Vaskes ham Zidan bilan uchrashib, jamoa formasini yo`qotayotganidan nolishgan.

Futbolchilarning ta`kidlashicha, nomdor yulduzlarning davri o`tgan, endi yoshlarga ham joy berish kerak. Asosiy tarkibni tanlayotganda Zidandan shunga e`tibor berishni iltimos qilishgan.

Boshqa yangiliklar