Ispaniya chempionati 31-turida “Barselona” jamoasi hujumchisi Neymar “Malaga”ga qarshi (0:2) o`yinda maydondan chetlatildi.
Braziliyalik futbolchi uchrashuvning 27 va 65-daqiqalarida sariq kartochka oldi va buning natijasida maydonni tark etdi. Neymar qizil kartochka olgani “Real Sosedad”ga qarshi 15 aprel kuni bo`lib o`tadigan La Liga 32-turini aniq qo`yib yuboradi.
Sports.uz nashrining ma`lum qilishicha, Neymar maydonni tark etayotganida zaxira hakamiga nisbatan istehzoli qarsak chalib, tribuna ostiga yo`l oldi. Agar Ispaniya chempionati Intizim qo`mitasi Neymarni sportga xos bo`lmagan xatti-harakati bo`yicha jazolasa, 25 yoshli futbolchi 2–3 o`yinga diskvalifikasiya qilinishi mumkin.
Agar mazkur qaror amalga oshsa, Neymar “Real”ga qarshi 23 aprel kuni bo`lib o`tadigan “El-Klasiko”da ishtirok eta olmaydi va “Barselona”ni qiyin ahvolga soladi.