Sobiq sho`ro tankining dvigateli o`rnatilgan nemis motosikli
Germaniyada o`tkazilgan ko`rgazmada Zilla qishlog`ida yashovchi bolalar sobiq sho`ro tankining dvigateli o`rnatilgan ulkan motosiklni namoyish etishdi. Bunday ulkan motosikl yaratish g`oyasi HarzerBike’da yashovchiTilo Nyoybeldan chiqdi. Balandligi 5,8 metr bo`lgan apparatga T-55 tankining 12 silindrli dvigateli o`rnatildi. KatharinadieGroße (Buyuk Ekaterina) deb nomlanuvchi mazkur motosiklning eni 2,8 metr bo`lgan kajavasi mavjud bo`lib, og`irligi 4,3 tonnani tashkil etadi. Shuning uchun ham u dunyoning eng og`ir motosikli sifatida “Ginnesning rekordlar kitobiga” kirgan.
Dunyoning eng xasis odami
1916 yilning 3 iyulida dunyoning eng xasis ayoli, deb tan olingan Genrietta Xoulend Getti Grin olamdan o`tgan. “Uoll-stritlik yalmog`iz”, deb nom berilgan bu ayol xasislikdan emas, balki 81 yoshda yurak xurujidan vafot etdi. U Ginnessning rekordlar kitobiga “Dunyoning eng xasis odami” sifatida kiritilgan. Getti vafot etgan paytda u dunyoning eng boy odami hisoblanib, o`sha paytda uning boyligi 4 milliard dollar bo`lgan. Ayolning 8 mingta er uchatskasi bo`lgan, temiryo`lga bog`liq aksiya kompaniyalarini sotib olganiga qaramay, xasislik bilan nom qozongan.
Dunyoning eng keksa mushugi
AQShning Texas shtatida yashovchi “Skuter” laqabli mushuk dunyoning eng keksa mushugi sifatida e`tirof etilgan. Skuter 1986 yilning 26 martida tug`ilgan. Geyl Floyd ismli ayol uni asrab olganda mushuk bir oylik bo`lgan, u hozirgacha egasi bilan birga baxtli hayot kechirmoqda. Mushuk egasit Geyl bilan birga 45 ta shtatda bo`ldi, ularning mazkur natijada to`xtab qolish niyatlari yo`q. 2005 yilda vafot etgan Krim Paff laqabli mushuk ham dunyoning eng keksa mushugi, deb tan olingan bo`lib, u 38 yoshda vafot etgan.
Dunyodagi eng baland bo`yli qiz
Turkiyada yashovchi 17 yoshli Rumeisa Gelgi (Rumeysa Gelgi)ning bo`yi 2 metru 13 santimetr bo`lib, u rasman dunyoning eng baland bo`yli qizi, deb tan olingan. Rumeisa Gelgi o`na shahri Safranboluda “Ginnessning rekordlar kitobi”ga bag`ishlab o`tkazilgan maxsus taqdimot marosimida mukofotga sazovor bo`ldi.
Shishadagi eng ko`hna noma
2012 yilda shotland baliqchisi tomonidan dengizdan topilgan xat solingan shisha “Shishadagi eng ko`hna noma” sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan. Mazkur xat 1914 yilning iyun oyida yozilgan edi. Oradan ikki yil o`tib, 2014 yilda esa nemis baliqchisi oldingi rekorddan bir yil ilgari yozilgan — ichiga 1913 yil 17 mayda yozilgan xat solingan shishani topdi. Xatni Birinchi jahon urushi boshlanishidan bir yil oldin Richard Plats yozgan. U mazkur urushda halok bo`lgan.