AsosiyShou-biznes

​DJ Piligrim uylanish uchun internet orqali o`ziga mos qiz izlayapti

'​DJ Piligrim uylanish uchun internet orqali o`ziga mos qiz izlayapti'ning rasmi

DJ Piligrim taxallusi ostida ijod qiluvchi xonanda Ilhom Yo`lchiev onasiga shu yil uylanishga va`da bergani va endilikda va`dasining ustidan chiqish taraddudida ekanligini ma`lum qildi.

“Uylanaman! Onamga shu yil uylanaman, deb va`da berganman. Agar aynan sen o`zingni mening juftim, ikkinchi yarmim va biz bir oila bo`lishimiz kerak, deb hisoblasang, o`z anketangni mening pochtamga jo`nat! Nimaga aynan sen ekanliging sabablarini izohla va suratlar jo`natishni unutma!”, deb yozdi DJ Piligrim va xabarga o`z elektron pochta manzilini ilova qildi.

Xonandaning shaxsiy sahifasini kuzatib boruvchilar mazkur e`longa turlicha munosabat bildirmoqda. Ayrimlar biz axborot asrida yashayotganimizni inobatga olgan holda internet orqali o`ziga juft topish zamon talabi ekanligini yozayotgan bo`lsa, yana bir guruh internet foydalanuvchilari erkaklar “pastlashib” ketayotgani, ayollarning ko`nglini olish uchun mehnat qilish, jon kuydirishni esdan chiqarib qo`yayotganini yozib qoldirgan.

Ma`lumot uchun, DJ Piligrim bundan bir necha yillar avval “Setora” guruhining yakkaxoni Komila Xo`jaeva bilan oila qurgan edi. Biroq bu oila uzoqqa cho`zilmadi. Ilhom va Komilaning Isom ismli farzandlari bor.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar