AQShning Viskonsin shtatida 150 nafar huquq-tartibot idorasi xodimlari 32 yoshli Jozef Yakubovskini qidirmoqda, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.
Jozef Yakubovski o`q otar quroli do`konidagi o`g`irlik qilganlikda va Donald Trampga tahdid qilingan maktub yo`llaganlikda ayblanmoqda.
“Tergov ishlarida yordam ko`rsatish uchun mahalliy va federal darajadagi 150 nafar polisiya xodimi ajratilgan. Ular 300 dan ortiq ma`lumotlarni tekshirdi, yana 50 ta ma`lumot tekshirilishi lozim”, deb xabar berdi polisiya xodimlaridan biri.
Jozef Yakubovski o`q otar qurol sotish bilan shug`ullanuvchi do`kondan bir qancha vintovkalarni o`g`irlab, o`zining mashinasiga o`t qo`ygan. Bundan tashqari, u Oq uyga hukumat ishlaridan norozi ekanligi haqida memorandum jo`natgan.
Have info on Joseph Jakubowski? Call 1-800-CALL-FBI. Up to a $10,000 Reward for details leading to his arrest. pic.twitter.com/mWEa85mZ06
— FBI Milwaukee (@FBIMilwaukee) 7 aprelya 2017 g.