Qozog`istonning Taldiqo`rg`on shahridagi avtobus bekatlaridan birida topilgan shubhali buyumni “Arlan” maxsus bo`linmasi sapyorlari minimal zaryadli portlash bilan yo`q qildi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Taldiqo`rg`on shahrining Jansugorov ko`chasidagi avtobus bekatlaridan birida shubhali buyum topildi. Voqea joyiga etib kelgan “Arlan” maxsus bo`linmasi sapyorlari bekatda turgan, hajmi to`rt litr bo`lgan termosni ko`rishdi. Metall termos ichini rentgen yordamida ko`rishning iloji bo`lmadi. Shundan keyin polisiyachilar uni yo`q qilishga qaror qilishdi. Voqea joyi 500 metr radiusda o`rab olindi, avtotransport vositalari, yo`lovchilar harakati to`xtatildi. “Shubhali buyum minimal zaryadli portlatish bilan yo`q qilindi. Oqibatda kutilgan xavf-xatar o`z tasdig`ini topmadi ", - deb xabar berdi polisiya.






