AsosiyJamiyat

​Milliy aviakompaniya Dushanbega ilk reysini amalga oshirdi

'​Milliy aviakompaniya Dushanbega ilk reysini amalga oshirdi'ning rasmi

11 aprel kuni “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi 25 yilda birinchi bor Tojikiston poytaxti Dushanbega parvoz amalga oshirdi.

Endi Dushanbedan Toshkentga reyslar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi: seshanba va shanba. Parvoz vaqti bir soatni tashkil qiladi.

Milliy aviakompaniyaning Tojikistondagi vakili O.Ro`zimurodovning so`zlariga ko`ra, ushbu yo`nalishning ochilishi bilan sayyohlar va turli tashkilot vakillarida MAK xizmatlaridan Toshkent orqali tranzit xizmatlaridan foydalanish imkoni bo`ladi. Bundan tashqari ikkita qo`shni respublika fuqarolari qisqa vaqtda parvoz amalga oshirish imkoniga ega bo`lishadi.

Boshqa yangiliklar