AsosiyDunyo
4712

​Aktrisa Zavyalovaning o`g`li onasining o`limida ayblanib, 8 yilga qamaldi

'​Aktrisa Zavyalovaning o`g`li onasining o`limida ayblanib, 8 yilga qamaldi'ning rasmi

Rossiyalik aktrisa Aleksandra Zavyalovaning o`g`li Pyotr Zavyalov onasining o`limida ayblanib, 8 yilga ozodlikdan mahkum etildi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

“U Rossiya federasiyasining Jinoyat Kodeksidagi “Qotillik” jinoyati bo`yicha ayblandi va 8 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi”, deb xabar berdi TASS o`z xabarida.

Tergovning bergan ma`lumotiga ko`ra, 2016 yilning fevral oyida Pyotr Zavyalov mast holatda onasiga pichoq urgan. Olgan tan jarohati oqibatida ayol vafot etgan.

Aleksandra Zavyalova teletomoshabinlarga “Soyalar choshgohda yo`qoladi”, “Alyoshkaning muhabbati” va “Gippokrat qasami” kinofilmlari orqali yaxshi tanishdir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar