7 aprel kuni Yaponiyaning ilk charter reysi 250 nafar sayyoh bilan Samarqand aeroportiga kelib qo`ndi. Bu haqda “Uz24” xabar bermoqda.
Bir hafta davom etadigan sayohatlarda yaponiyalik mehmonlar ko`hna Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida bo`lib, tarixiy va me`moriy obidalarimiz bo`ylab ma`rifiy ekskursiyalar, boy madaniy dasturlar, folklor guruhlarining chiqishlari, milliy oshxonamiz ne`matlaridan, bir so`z bilan aytganda, o`zbekona mehmondo`stlikdan bahramand bo`ladilar.
Apreldan oktyabr oyiga qadar O`zbekistonga Yaponiyaning turli shaharlaridan 10ta charter parvozlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Parvozlar orqali 2500 yaponiyalik mehmon yurtimiz bo`ylab sayohatlarda ishtirok etadilar.






