AsosiyDunyo
5400

​Malala Yusufzai BMT tarixidagi eng yosh elchi bo`ldi

'​Malala Yusufzai BMT tarixidagi eng yosh elchi bo`ldi'ning rasmi

13 yoshida hayotiga jangarilar tahdid qilgan Malala qizlarga ta`lim berish masalalari bilan shug`ullanadi, deb xabar berdi News.mail.ru nashri.

Pokistonlik huquqshunos va Nobel mukofotining laureati bo`lgan Malala Yusufzai BMTning rasmiy elchisi etib tayinlandi. 13 yoshida hayotiga jangarilar tahdid solgan Malala qizlarga ta`lim berish masalalari bilan shug`ullanadi. U xalqaro tashkilot tarixidagi eng yosh elchi hisoblanadi. Malala iyul oyida 20 yoshga to`ladi.

Yusufzaiga bag`ishlangan tadbir BMT vasiyligida Kengashda, tashkilotning bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokida bo`lib o`tdi.

“Siz nafaqat qahramon, balki ajoyib sifatlarga ega o`ta sadoqatli va bag`rikeng insonsiz. Siz Nobel mukofotini qo`lga kiritdingiz, boshqalar tomonidan tan olindingiz, ammo shunga qaramay, sodda va samimiyligingizcha qoldingiz”, deb Malalaga ta`rif berdi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish.

Malala Yusufzai Gutterrishga ko`satilgan e`tibor uchun minnatdorchilik bildirdi va bilim olish qizlar uchun naqadar muhimligini ta`kidladi.

“Men harakatlarim bilan yosh qizlarni ilhomlantirishni istayman. Ularni jasoratga, o`ziga ishonishga undayman. Agar ular haq-huquqlarini talab qilmasa, o`z-o`zidan o`zgarishlar ro`y bermaydi. Agar baxtli kelajakka erishishni istasalar, bugundanoq harakatni boshlashlari lozim”, dedi Malala.

Malala Yusufzai 11 yoshida mashhur bo`lgan edi. 2012 yilning 9 oktyabr kuni o`qishdan kelayotganda u yashaydigan Xayber-Paxtunxava viloyatida shariat qonunlarini o`rnatmoqchi bo`lgan toliblar maktab avtobusini to`xtatib, Malalaning boshiga va bo`yniga o`q uzib, yarador qilgan. U 2013 yilning yanvar oyiga qadar kasalxonada davolanib, reabilitasiya kurslaridan keyin huquqshunoslik faoliyati bilan shug`ullana boshladi.

2014 yilda Malala Yusufzai hindistonlik Kaylash Satyartxi bilan birga bolalar huquqini himoya qilgani bois Nobel mukofotiga sazovor bo`lishdi. Yusufzai Nobel mukofoti tarixida ham eng yosh laureat hisoblanadi. Nobelning eng yosh sovrindori 1915 yilda, 25 yoshida mukofot olgan ingliz fizigi Lourens Bregg hisoblanadi.

BMTning dunyo bo`yicha elchisi eng obro`li unvon hisoblanib, u asosan san`at, ilm-fan arboblari, huquqshunos va boshqa sohada faoliyat yurituvchi odamlarga beriladi. Bugung kunda mazkur elchilar orasida Gollivud aktyorlari Maykl Duglas, Jorj Kluni va Sharliz Teron, musiqachilar Stivi Uander, yozuvchi Paulo Koelo va Jeyn Gudollar bor.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar