Ukrainaning Kiev viloyati aholisi poezdlar harakatini to`xtatib qo`ydi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Voqea Barishevka posyolkasida bo`lib o`tdi. Barishevka aholisi temiryo`l relslari ustiga yotib, Kievga qatnaydigan elektr poezdlari sonini oshirishni talab qildi. Odamlarning aytishicha, Kievga ertalab bor-yo`g`i 6 ta vagondan iborat elektr poezdi qanaydi. Bu esa tirbandlikni yuzaga keltirib, odamlar vagonga sig`may qolyapti. Namoyish ishtirokchilari yo`lovchilarni, yuk poezdlarini yo`ldan o`tkazmadi. Norozilik namoyishida 1000 dan ortiq odam qatnashdi.






