1

​Qon bosimingiz balandmi? Ko`zlaringizni ehtiyot qiling!

Salomatlik 12.04.2017, 16:56
Teglar: Salomatlik
​Qon bosimingiz balandmi? Ko`zlaringizni ehtiyot qiling!

Bir necha oylar avval ham shunday bo`lgandi, ertalab uyqudan uyg`onsam, o`ng ko`zimning ichi qizarib ketgan. Shifokorga uchrashsam, kampillyar tomir yorilishi deya tashxis qo`ydi. Tomchi dorilarni qo`lladim, bir muddat quyoshdan himoyalovchi ko`zoynakdan foydalandim. Ikki kun avval yana o`ng ko`zim ichi qizara boshladi. Kapillyar qon tomir yorilishining sababi nima? Balki bu biror kasallik alomatidir? Shu haqida bilmoqchi edim.

Shahnoza Boltoboeva, Toshkent shahri

Savolga shifokor okulist Nodira RASULOVA javob beradi:

– Arterial qon bosimi maksimal darajada ko`tarilgan paytlarda yoki doimiy ravishda qon bosimi yuqori yuruvchi kishilarda yuqori bosim ko`zdagi mayda kapillyarlarning zararlanishi ya`ni yorilib, ko`zda qizarish alomatining kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Bunday hollarda ba`zan burun qonashi ham kuzatilishi mumkin. Sizga maslahatim, okulist, kardiolog va terapevt shifokorlar ko`rigidan o`ting. Muammo nimada ekanligini aniqlash uchun arterial qon bosimini o`lchash, yurak EKG si hamda qon va peshob suyuqligining umumiy tahlilini o`tkazish lozim. Shu bilan birga ko`z ichki bosimini o`lchash ham talab etiladi. Ko`z to`r pardasi (tomir va nervlar holatini chuqur o`rganish) holatini ham kuzatish lozim. Kapillyarlarning yorilib, ko`z konyuktivasiga qon quyilishi ko`zdagi, qizarish qon bosimi ko`tarilganida (xafaqon kasalligi) yoi ko`z ichki bosimining ortishi (glaukoma) da ham sodir bo`ladi. Tibbiy tekshiruvlarga qo`shimcha ravishda nevrapolog ko`rigini ham tavsiya etgan bo`lar edim.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1