AsosiySport
4116

EChL. Ronalduning dubli “Real”ga “Bavariya” ustidan g`alaba keltirdi

'EChL. Ronalduning dubli “Real”ga “Bavariya” ustidan g`alaba keltirdi'ning rasmi

Evropa Chempionlar ligasi chorak final ilk o`yinida “Real Madrid” jamoasi safarda “Bavariya” mehmoni bo`ldi.

Anchagina qiziqarli kechgan o`yinda madridliklar 2:1 hisobidagi irodali g`alabaga erishdi. Dastlab Arturo Vidal 25-daqiqada hisobni ochdi. Chililik futbolchi keyinroq penaltidan gol ura olmadi.

47-daqiqada Krishtianu Ronaldu muvozanatni tikladi. 61-daqiqaga kelib Martines ikkinchi sariq kartochkani oldi va maydonni tark etdi.

Bir kishi ko`p bo`lib harakat qilgan “Real” bu ustunlikni golga aylantirdi. 77-daqiqada yana Ronaldu katta sahnaga chiqdi.

Bavariya – Real Madrid 1:2 (1:0)

Gollar: 1:0 – 25 Vidal, 1:1 – 47 Ronaldu, 1:2 – 77 Ronaldu.

Bavariya – Noyer, Martines, Alaba, Boateng, Lam, Alkantara, Riberi (Duglas Kosta, 67), Xabi Alonso (Bernat, 64), Vidal, Robben, Myuller (Koman, 81).

Real Madrid – Navas, Karvaxal, Nacho, Marselo, Ramos, Kroos, Modrich (Kovachich, 90), Kazemiro, Beyl (Asensio, 59), Benzema (Xames, 83), Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Kroos (44), Karvaxal (45), Xabi Alonso (47), Martines (58), Vidal (90).

Chetlatish: Martines (61).


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar