AsosiySport

Krishtianu Ronaldu EChLdagi 569 daqiqalik golsiz seriyasiga chek qo`ydi

'Krishtianu Ronaldu EChLdagi 569 daqiqalik golsiz seriyasiga chek qo`ydi'ning rasmi

“Real Madrid” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Bavariya”ga qarshi (2:1) uchrashuvdan maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Portugaliyalik futbolchi o`yinning 47-daqiqasida maydon egalari darvozasini ishg`ol etib, hisobni tenglashtirdi. Aytish kerakki, Ronaldu Chempionlar ligasida so`nggi bor o`tgan yilning 27 sentyabrida gol urgan edi.

O`shanda u musobaqaning guruh bosqichida “Borussiya D” darvozasini ishg`ol etgan. Oradan roppa-rosa 529 daqiqa o`tib Krishtianu yana gol kiritdi.

Bundan tashqari, 32 yoshli futbolchi 77-daqiqada ham gol urishga muvaffaq bo`ldi.

Boshqa yangiliklar