1

​Rossiyaning NTV telekanali eng janjalli ko`rsatuvni yopdi

Dunyo 14.04.2017, 10:04
​Rossiyaning NTV telekanali eng janjalli ko`rsatuvni yopdi

Rossiyaning NTV telekanalidagi “Govorim i pokazvaem” tok-shousi so`nggi marta 14 aprel kuni namoyish etiladi, deb xabar berdi Afisha.mail.ru nashri.

NTV telekanali boshlovchi Leonid Zakoshenskiy olib boradigan “Govorim i pokazvaem” nomli tok-shouni yopishga qaror qildi. Telekanal rahabariyatining bunday qarorga kelishiga ko`rsatuv reytingining tushib ketgani, unda janjalli masalalar ko`tarilayotgani sabab bo`ldi.

Ko`rsatuvning oxirgi sonini 14 aprel kuni tomosha qilish mumkin. 17 apreldan boshlab esa uning o`rniga teleserial namoyish etiladi. Kelgusi telemavsumda esa uning o`rnini yangi loyiha egallaydi.

Kanalning ta`kidlashicha, besh yil davomida tok-shou boshqa kanallardagi shunga o`xshash tok-shoular bilan muvaffaqiyatli ravishda raqobatlashganiga qaramay, NTVning yangilash strategiyasi loyihasiga kiritilmagan.

“Govorim i pokazvaem” tok-shousining boshlovchisi Leonid Zakoshenskiy (ilgari “T ne poverish!” ko`rsatuvchiga boshlovchilik qilgan) telekanalda qoladi. U “Toje lyudi” ko`rsatuviga mualliflik va boshlovchilik qiladi. Telekanal kuz oyida uning ishtirokidagi yana bir ko`rsatuvni efirga uzatadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1