Joriy yilda O`zbekistondagi bozorlarda kartoshka taqchilligi kuzatildi. Bahor mavsumida kartoshkaning narxi 4000-5000 so`mgacha ko`tarildi. Toshkent shahri bozorlar va savdo komplekslari rahbarining birinchi o`rinbosari M.Qodirovning aytishicha, dehqon bozorlarida kartoshkaning taqchilligiga 2016 yilda kartoshka etishtirish mavsumida o`simlik kasalliklari oqibatida sabzavotning hosili yaxshi bo`lmagani sabab bo`lmoqda.
Aholini uzluksiz ravishda kartoshka bilan ta`minlash maqsadida kuz-qish mavsumida Toshkent shahriga 17000 tonnadan ortiqroq sifatli kartoshka olib kelindi va aholiga qulay ya`ni 1550-1800 so`m narxda sotildi.
Kartoshkadan yuqori hosil olish maqsadida ekin ekish mavsumi oldidan barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Umid qilamizki, qulay ob-havo sharoiti va qo`llanilayotgan fitosanitar va karantinga oid chora-tadbirlar kelasi yili kartoshkaning serhosil bo`lishini ta`minlaydi”,—deydi mutaxasis.






