Amerikaning Xyuston shahridan Kanadaning Kalgari shahri tomon parvoz etayotgan United Airlines aviakompaniyasining samolyoti bortidagi yo`lovchini chayon chaqib oldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Jabrlangan erkakning rafiqasi chayon yuqoridagi yuk qo`yiladigan tokchadan tushganligini ma`lum qildi:
“Turmush o`rtog`im sochining orasida nimadir g`imirlab yurganini sezdi va boshida yurgan chayonni tutib oldi. Chayonni ushlagan vaqtda u erimning qo`lini chaqib oldi”.
Styuardessa chayonni o`ldirishga muvaffaq bo`ldi. Shundan keyin tibbiyot xizmatiga qo`ng`iroq qilib,qanday qilib birinchi yordam ko`rsatish kerakligi haqida ma`lumot oldi. Hozirda erkakning ahvoli yaxshi.
Samolyot Xyustonga Kosta-Rikadan uchib kelgan edi, chayonning bortga qanday chiqib qolgani hozircha noma`lum.






