Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning qizi Ayshat turmushga chiqdi, deb yozadi Tatler.
Nashrning ma`lum qilishicha, 18 yoshli Ayshatning turmush o`rtog`i 19 yoshda. Kuyov Qodirovning vafot etgan yaqin do`stining o`g`li.
Ikki yosh bir-biriga juda yaqin yashasada, to`ydan oldin ikki hafta bir-birini tanishgan.
Ramzan Qodirovning 12 nafar farzandi bor.
O`zining ilk inetrvyusida Ayshat Qodirova o`z istagi bilan hijobga kirgani va Qur`onni yod olganini aytib berdi.
“Bunga ishonish qiyin, ammo mening uka-singillarimning hammasi maktabga, sportzallarga va raqs to`garaklariga qatnashadi. Bir daqiqa ham bo`sh vaqtimiz yo`q. Biz hamma ishimiz ideal bo`lishi kerakligini bilamiz, sababi ota-onalarimiz oldidagi majburiyatlarimiz katta”, — deydi Ayshat.
Ayshatning sevimli shaharlari Makka, Madina va Grozny.
Modalar uyidan tashqari uning yana bir loyihasi bor — Paris qandolat uyi.