O`zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov 16 aprel kuni 71 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan poytaxtdagi restoranlardan birida o`zbek shou biznesi vakillari jam bo`lib, ustozoda san`atkorning tug`ilgan kunini nishonladi.
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rashid Holiqov, rafiqasi Saida Holiqova, Rayhon G`anieva turmush o`rtog`i Farhod Alimov, xonandalar Tohir Sodiqov, Abdulla Qurbonov, Farruh Ahmedov, Karen G`ofurjonov, Akbar Atamuhammedov, qiziqchi Shukurullo Isroilov, taniqli teleboshlovchi Shahnoza G`anieva, Nilufar Sotiboldieva, VIA “Sharq” kabi san`at vakillari Farruh Zokirovning yaxshi kunida yonida bo`lishdi.
Fursatdan foydalanib, “Darakchi.uz” jamoasi nomidan O`zbekiston xalq artisti Farruh Zokirovni tug`ilgani kuni bilan tabriklaymiz hamda uzoq umr tilaymiz!