Odessaning kurort qismi mushkul vaziyatda qoldi, u ko`chki tufayli dengiz qa`riga g`arq bo`lishi mumkin, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Nashrning xabar berishicha, Chernomorka tumanida nafaqat qirg`oq yonidagi uylar, binolar, balki mahalliy aholining ham hayoti xavf ostida qolmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, shaharda har safar yomg`ir yoqqanda qiyaliklar dengizga o`pirilib tushmoqda.
Odessa shahar soveti ko`chkiga qarshi kurashish uchun 8,5 million griven ajratishga qaror qildi va Qora dengiz qirg`oqlariga maxsus inshoatlar qurishni rejalashtirdi. Shahar hududini muhandislik bo`yicha himoya qilish boshqarmasi boshlig`i vazifasini bajaruvchi Gennadiy Miroshnichenkoning ma`lumot bershicha, o`pirilishlarga dengiz qa`ridagi holat ham sabab bo`lar ekan.






