Ayol zoti borki, har doim yosh va go`zal ko`rinishni orzu qiladi.
“Umrboqiy yoshlik eliksiri” haqidagi afsonalar ham bejizga yaratilmagan.
Mangu saqlanadigan go`zallikni ta`minlovchi manba yoki “sehrli olma”lar bog`i Osiyoda bo`lsa kerak, deb yozadi “Interesno.cc”.
Nashr o`z yoshiga nisbatan juda yosh ko`rinuvchi osiyolik ayollarning suratlarini e`lon qildi.Nashr o`z yoshiga nisbatan juda yosh ko`rinuvchi osiyolik ayollarning suratlarini e`lon qildi.
Dunyodagi eng chiroyli buvi Kazuko Inoue
Kazuko Inoue Yaponiya va Xitoyda haqiqiy media-yulduzga aylandi. Uni mamlakatning eng nazokatli buvijonisi, deb atashdi. Kazuko 18 yoshida turmushga chiqqan va 19 yoshida farzand ko`rgan. Shuning uchun ham u 44 yoshida ikki farzandning onasi va ikki nabiraning buvisi.
“Mangu yoshlik timsoli” Masako Mizutani
Yaponiyalik Masako Mizutani o`zining go`zallik va soch parvarishi haqidagi blogi tufayli mashhur bo`lib ketdi. Internet foydalanuvchilari 40 yoshdan oshgan bu ayolning qanday qilib go`zal ko`rinishi bilan qiziqmoqda. Masako`ning aytishicha u biror marta ham plastik jarroh xizmatidan foydalanmagan.
“Yugurish yo`lakchasi qirolichasi” Zhang Tingxuan
…o`g`li bilan
O`smir o`g`li bo`lgan ona mana shunday ko`rinishga ega.
Zhang Tingxuan go`zalligining sirini sport va sifatli BB-krem, deb biladi.
Tayvan ham o`z yoshiga nisbatan yosh ko`rinuvchi go`zal ayollarning soni bilan Yaponiyadan ortda qolmaydi, deyiladi xabarda.
43 yoshli Zhang Tingxuan ijtimoiy tarmoqlarda juda faol. Uning suratlarida yonida turgan yigitni sevgilisi deb o`ylayotgan bo`lsangiz, adashasiz, bu uning o`g`li!
Ayol o`z tashqi ko`rinishiga juda e`tiborli. Go`zalligining sirini sport va o`ziga bo`lgan e`tiborda deb biladi.
Maftunkor Risa Hirako
Risa o`zining 45 yoshida 20 yoshli qizlardek ko`rinishga ega. Shuning uchun ham u o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida turli bichimdagi liboslarda tushgan suratlarini joylashtirishdan tortinmaydi.
“1965 yildagi dunyo go`zali” – Apasra Hongsakula
Bir nechta SPA-salonlarga egalik qiluvchi bangkoklik Apasra Hongsakula go`zallikning haqiqiy timsoli. Unga bir qarashda 70 yoshda ekanligiga ishongingiz kelmaydi. Apasra biror marta ham plastik jarroh xizmatidan foydalanmaganini ta`kidlaydi.