AsosiyDunyo

​AQSh polisiyasi rahbari tezlikni oshirganligi uchun o`zini jarimaga tortdi

'​AQSh polisiyasi rahbari tezlikni oshirganligi uchun o`zini jarimaga tortdi'ning rasmi

AQSh shaharlaridan birining polisiya boshlig`i videokuzatuv kamerasida qoidabuzarligi qayd etilganidan so`ng o`zini jarimaga tortdi.

Oklaxoma shtati Sperri shahri polisiyasini boshqaradigan Jastin Berch shahar polisiya boshqarmasining “Feysbuk”dagi sahifasida kechirim so`ralgan matn qoldirdi.

Qoidabuzarlik vaqtida polisiyachining mashinasi soatiga 75-80 mil (120-130 kilometr) harakatlangan. Bu esa belgilangan chegaradan 20 mil ko`p.

Berch videosiz jarim yozib bermagan bo`lishini tan oldi. Polisiyachi uning tezlikni oshirishga sabablari bo`lganligini ma`lum qildi, ammo shunga qaramay u javobgarlikni bo`yniga olishini aytdi. Uning o`ziga yozgan jarima miqdori 300 dollarni tashkil qiladi.

Boshqa yangiliklar