Bir necha kun avval xonanda Bunyodbek Saidov o`g`li Bilolbekning sunnat to`yini o`tkazdi. Xorazmning Urganch shahrida bo`lib o`tgan to`yda o`zbek estradasining taniqli vakillari ishtirok etdi.
O`zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ravshan Komilov, Ulug`bek Rahmatullaev, Doston Ubaydullaev, Og`abek Sobirov, Abdurashid Yo`ldoshev, Muzaffar Abduazimov kabi san`atkorlar hamkasblari Bunyodbek Saidovning yaxshi kunida xizmatda bo`lishdi.
Bunyodbek Saidov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to`yga tashrif buyurgan hamkasblariga minnatdorchilik bildirdi.