AsosiyDunyo

​Er-xotinning janjali tufayli samolyot parvozi 28 daqiqaga kechiktirildi (Video)

'​Er-xotinning janjali tufayli samolyot parvozi 28 daqiqaga kechiktirildi (Video)'ning rasmi

Xitoyda er-xotinning janjali tufayli yo`lovchi laynerining parvozi 28 daqiqaga kechikdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Aeroport xodimlarining ma`lumot berishicha, er-xotin o`rtasida yuzaga kelgan dahanaki jang, birozdan keyin mushtlashuvga aylangan. Erkak ayolni erga yiqitib, yuziga mushtlagan. Er-xotin janjaldan to`xtagandan keyin samolyot bortiga qo`yilmadi. Ularning har ikkalasi polisiya tomonidan qo`lga olindi. Polisiya ularning ajrashayotganliklarini aniqladi.


Boshqa yangiliklar