AsosiySalomatlik

​«Qo`l terlashi va muzlab qolishi nimaning alomati?»

'​«Qo`l terlashi va muzlab qolishi nimaning alomati?»'ning rasmi

– Vaqti – vaqti bilan qo`l kaftimning terlashi va o`z-o`zidan muzlab qolayotganini sezayapman. Bu yurak bilan bog`liq emasmi, deya havotirdaman.

Anvar, Namangan shahri

Savolga oliy toifali shifokor-terapevt Nodira HAMROEVA javob beradi.

– Fe`l-atvoriga ko`ra ta`sirchan insonlarda vegetativ nerv tizimi zaif bo`ladi. Bunday kishilar biror nimadan qattiq asabiylashsa, qo`rqsa yohud vahimaga tushsa, qo`l kaftining terlashi yoki muzlashi yuz beradi. Qo`l kaftidagi mazkur o`zgarish nerv tizimidan tashqari endokrin tizim faoliyatiga ham bog`liq bo`lishi mumkin. Sizga maslahatim, terapevt, endokrinolog shifokorlar ko`rigidan o`tib, davolaning. Sizdagi bezovtalik yurakka bog`liq emas.

Boshqa yangiliklar