Qo`shma Shtatlar hukumati sayyohlarning eng sevimli — AQSh prezidentining qarorgohini tomosha qilish joyini yopib, uning atrofida xavfsizlik choralarini kuchaytirdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Manbaning xabar berishicha, binoning janubiy qismi tashrif buyuruvchilar uchun yopiladi. Maxfiy xizmat amerikaliklar va sayyohlar sevib sayr qiladigan “Ellips” hududiga kirishni chekladi.
Hukumatning bunday qarorga kelishiga ruhiy kasallarning Oq uy hududiga kirishga harakat qilgani sabab bo`ldi.