Evropa Ligasi chorak final javob o`yinida “Lion” safarda “Beshiktosh” futbolchilari bilan o`zaro bahs olib bordi.
Murosasiz va kurashlarga boy kechgan o`yinda turkliyaliklar 2:1 hisobida g`alaba qozondi. Dastlabki o`yinda “Lion” huddi shunday hisobda zafar quchgani sababli qo`shimcha taymlar bo`ldi.
Unda ham g`olib aniqlanmadi va “Lion” “futbol lotareyasi”da muvaffaqiyatga erishdi hamda yarim finalga chiqdi. Avvalroq "Manchester Yunayted" musobaqaning 1/2 final bosqichiga chiqqani haqida xabar berilgandi.
Beshiktosh Turkiya – Lion Fransiya 2:1 (1:1, 1:0, 0:0, 0:0),
Gollar: 1:0 – 27 Taliska, 1:1 – 34 Lyakazett, 2:1 – 58 Taliska.
Penaltilar seriyasi: 6:7
Beshiktosh – Fabrisio, Mitrovich, Adriano (Bek, 77), Genyul, Toshich, Oz`yakup (Uysal, 94), Xatchinson, Taliska, Kuarejma (Arslan, 117), Babel, Tosun.
Lion – Antoni Lopesh, Nkulu, Morel (Rbus, 120), Jalle, Diakabi, Tolisso, Gonalon, Valbuena, Tuzar, Korne (Fekir, 77), Lyakazett (Gezzal, 90).
Ogohlantirishlar: Adriano (29), Gonalon (32), Toshich (78), Genyul (118).
Dastlabki uchrashuv: 1:2.






