AsosiyDunyo

​Keti Perri Instagramdagi surat bilan hindlarni ranjitdi

'​Keti Perri Instagramdagi surat bilan hindlarni ranjitdi'ning rasmi

Amerikalik xonanda Keti Perri o`zining Instagram sahifasiga hindlarning Kali ma`budasining suratini joylashtirdi, deb xabar berdi Onedio.ru nashri.

Hindistondagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uning bu ishini haqorat, deb qabul qildi.

Bir nechta qo`lga, inson tanasiga chirmashgan oyoqqa ega bo`lgan ma`budaning surati 18 aprel kuni xonandaning akkauntida paydo bo`lib, 250 mingta “yoqdi” belgisiga sazovor bo`ldi. Kal ma`budasining suratiga “hozirgi kayfiyatim”, deb izoh qoldirilgan.

current mood

Publikasiya ot KATY PERRY (@katyperry)

Uning bu qilig`i hindistonlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining qahr-g`azabiga sabab bo`ldi va ular turli izohlar qoldirishdi:

“Keti, iltimos, kayfiyatingizni namoyish qilish uchun hind ma`budalaridan foydalanmang! Nahotki bu surat tarixini, uning ortida nima yashiringanini bilmasangiz?”

“Bizni seni kayfiyating qiziqtirmaydi, mazkur postni olib tashla, bo`lmasa hindlarning kayfiyati o`zgaradi...”, deb yozdi foydalanuvchilardan biri.

Ammo Ketining tarafini olganlar ham topildi: “Men ham hindman, biroq Ketining bu harakatini Kali ma`budasiga bo`lgan hurmatsizlik deb qabul qilmadim, chunki u ayol, shuning uchun ham o`zini Kali qiyofasida tasavvur qilishga haqli! Keti, Hindiston seni, qo`shiqlaringni sevadi!”, deb yozdi hindistonlik foydalanuvchi.

Keti Perriga hind madaniyati begona emas. U 2010 yilda Hindistonning shimoliy Rajiston shtatida hind urf-odatlariga binoan aktyor Rassel Brandga turmushga chiqqan edi. Biroq ular hozirda ajrashib ketgan.

Boshqa yangiliklar