Mashhur san`atkorlar va shaxslar nomidan soxta akkauntlar ochib, ularni go`yo uning o`zinikiday boshqarish internetda keng tarqalgan odatiy holatlardan biriga aylangan.
Ayni kunlarda “Istiqlol” san`at saroyida o`zining konsert dasturini taqdim etayotgan O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o`zining klon akkauntidan ogohlantirdi.
“Diqqat! Bu akkaunt klon
Hurmatli muxlislar! Yana bir bor eslatib o`tamiz Instagrammda yulduzusmonova akkauntining Yulduz Usmonovaga hech qanday aloqasi yo`q. Fotomateriallarga diqqat bilan qaralsa barchasida suv belgilari o`chirilgan. Instagramdagi folloverlar soniga e`tibor qilmang, barcha sharhlarga soxta Yulduz Usmonova javob qaytaradi. Yulduz Usmonovani rasmiy tarmoqlarida san`atkorning barcha suratlariga suv belgilari qo`yilgan. Bizning barcha rasmiy saxifalar bizning rasmiy saytimizda ko`rsatilgan.”