AsosiyDunyo

​AQSh sudi Lotin Amerikasining mashhur xonandasi Luis Migelni qamoqqa olishga order berdi

'​AQSh sudi Lotin Amerikasining mashhur xonandasi Luis Migelni qamoqqa olishga order berdi'ning rasmi

Los-Anjeles sudi mashhur xonanda, meksikalik Luis Migelni qamoqqa olishga order berdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Manbaning xabar berishicha Migel shartnoma shartlarini buzib, sobiq menejeriga bir million dollarni to`lamagan. Xonanda uch marotaba ko`rsatma berish uchun sudga kelmaganligi tufayli, sud uni qamash uchun order berdi.

Xonandaning advokatlari yana bir-ikki kun kutishni iltimos qilganiga qaramay, sudya ularning iltimosini qabul qilmadi.

Qir olti yoshli Luis Migel to`qqiz marotaba “Gremmi” mukofotiga sazovor bo`lgan. U o`ziga xos tarzda qo`shiq kuylash uslubi va chiroyli ovozi bilan mashhur bo`lgan. Muxlislari uni “Meksika quyoshi”, deb atashadi.

    Boshqa yangiliklar