AsosiySalomatlik

​Birinchi yordam ko`rsatishdagi 5 xato

'​Birinchi yordam ko`rsatishdagi 5 xato'ning rasmi

1. Ochiq yaraga yod yoki zelyonka surtmang!

Tarkibida spirt bo`lgan dori vositalari yarada chuqur kimyoviy kuyishni hosil qiladi. Natijada, yara uzoq bitadi. Ba`zi hollarda esa terida chandiq bo`lib qoladi. Yod va zelyonka faqatgina kichik shilinishlarda qo`llaniladi.

2. Tiqilib qolganda, elkaga urmang!

Aks holda, tomoqqa tiqilgan narsa yanada chuquroqqa, ya`ni nafas yo`llariga o`tib ketishi mumkin.

3. Kuygan teriga yog` surtmang!

Yog` jarohatlangan teri kataklarini berkitib qo`yadi, natijada kuygan joyga kislorod etib bormaydi. Bu esa kuygan terining sekin bitishiga olib keladi. Teri kuyishlarida jarohatni muzdek suv tagida ushlab turing-da, so`ng darrov shifokorga murojaat qiling.

4. Burin qonaganda boshni orqaga qilmang!

Bunday usul qonni to`xtatishga emas, uning yo`nalishini o`zgartirishga yordam beradi xolos. Qon tomoq va hatto, oshqozonga tushishi mumkin. Undan ko`ra, elkalarni tik tutib o`tiring-da, burun teshigiga 3 foizli vodorod pereksidiga botirilgan paxtani qo`ying. Shuningdek burun ustiga muz bosishingiz ham mumkin.

5. Harorat ko`tarilganda qavat-qavat kiyinmang!

Harorat ko`tarilganda, issiqlik almashinuvi buziladi. Natijada tana va xona harorati orasidagi farqdan sovuq qota boshlaysiz va qavat-qavat kiyinasiz. Ammo bu ishingiz noto`g`ri. Isitma chiqqanida zarur preparalarni qabul qilib, peshonangizga nam sochiq qo`yib yoting.

Boshqa yangiliklar