Bir nafar FXX xodimi, qabulxonaga tashrif buyurgan odam va hujum qilgan shaxs halok bo`ldi, deb xabar berdi Interfax.ru nashri.
21 aprel kuni mahalliy vaqt bilan 17:02 da FXX boshqarmasi qabulxonasiga noma`lum shaxs kirib, texnik nazoratdan o`tkazish joyini to`sgancha, qabulxonada o`tirgan odamlarga qarata o`q uzdi. Voqea joyida tezkor-tergov ishlari olib borilmoqda.
Rossiyaning Xabarovsk o`lkasidagi FXX boshqarmasi qabulxonasiga qilingan hujum oqibatida FXX xodimi, qabulxonaga tashrif buyurgan odam halok bo`ldi, hujumni uyutirgan shaxs otib o`ldirildi, deb xabar berdi Rossiya federal xavfsizlik xizmatining jamoatchilik bilan aloqa qilish markazi.






