AsosiyDunyo
10295

​Britaniyalik qiz teleyulduzga o`xshash uchun 12 ming dollar sarfladi

'​Britaniyalik qiz teleyulduzga o`xshash uchun 12 ming dollar sarfladi'ning rasmi

Qiz plastik jarrohlikka tobe bo`lib qolganini tan oldi, deb xabar berdi Lady.mail.ru nashri.

Buyuk Britaniyaning Bristol shahrida yashovchi 20 yoshli Keris Gudvin Playboy modeli va realiti-shou yulduzi bo`lgan Xloi Xanga o`xshash uchun o`tkazilgan plastik jarrohlik uchun 12 ming dollar sarfladi.

Qizning bolaligidanoq tashqi qiyofasidan ko`ngli to`lmagan. U voyaga etgach, kumiri teleyulduz Xloi Xanga o`xshashga qaror qildi va plastik jarrohlarning oldiga uning suratini ko`tarib bordi. Hozirda uning o`zi ham model bo`lib ishlamoqda. Keris kumiriga ko`proq o`xshash niyatida sochlarini, kipriklarini “o`stirdi”, uni botoks va filler ham qiziqtirib qoldi. Keris erishgan “yutuqlari” bilan to`xtab qolishni istamaydi, u hali o`zini “go`zal” inson deb hisoblamagani bois, yana plastik jarrohlikka murojaat qilishni niyat qildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar