Bola beysbol to`pining zarbasidan “hushidan ketgan Alligatorga” yordam berishga shoshildi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.
“Florida Geytors” beysbol klubining ramziy tumori bo`lgan Albert nomli “alligator” yonidagi bolani beysbol to`pining zarbasidan asrab qoldi. Mazkur rolikka CBSSports nashri e`tibor qaratdi. Oqibatda boshiga to`p tekkan “alligator” yolg`ondan “hushidan ketdi”. Undan minnatdor bo`lgan bola darrov yordamga shoshilib, “alligator”ning yuragini massaj qilishga kirishdi.






