Kanar orollaridan birida Gran-Kanariya–Tenerife yo`nalishi bo`yicha yo`lga chiqqan parom pristanga kelib urildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Las-Palmas bandargohidan yo`lga chiqqan paromda birdan elektr chiroqlari o`chib qolishi natijasida dvigatel ishlamay qoldi. Oqibatda suv oqimi paromni pristanga olib kelib urdi. Parom bortida 140 nafar odam bo`lgan. To`qnashuv oqibatida ularning ba`zilari engil tan jarohati oldi. Hodisa tufayli parom ham, pristan ham jiddiy shikastlandi. Voqea joyida polisiya va favqulodda xizmat xodimlari ish olib bormoqda.






