AsosiySport
3941

“Barselona” Madridda “Real”ni taslim qildi (Video)

'“Barselona” Madridda “Real”ni taslim qildi (Video)'ning rasmi

Ispaniya chempionati 33-turi markaziy o`yinida Madridning “Real” jamoasi o`z maydonida “Barselona”ni qabul qildi.

“El-Klasiko” maqomida o`tgan uchrashuvda kataloniyaliklar 3:2 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 28-daqiqasija Kaxemiro hisobni ochgan bo`lsa, 33-daqiqada Messi muvozanatni tikladi.

73-daqiqada Ivan Rakitich “Barselona”ni oldinga olib chiqdi. 77-daqiqada esa “Real” sardori Serxio Ramos maydondan chetlatildi. Shunga qaramay, zaxiradan maydonga tushgan Xames Rodriges 85-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

O`yin yakunida Messi gol kiritib, prinsipial raqib ustidan g`alabani va jamoa uchun muhim 3 ochkoni taqdim qildi.

Real Madrid – Barselona 2:3

Gollar: 1:0 – 28 Kazemiro, 1:1 – 33 Messi, 1:2 – 73 Rakitich, 2:2 – 85 Xames, 2:3 – 90 Messi.

Real Madrid – Navas, Karvaxal, Nacho, Marselo, Ramos, Kroos, Modrich, Kazemiro (Kovachich, 70), Beyl (Asensio, 39), Benzema (Xames, 82), Ronaldu.

Barselona – ter Stegen, Pike, Umtiti, Alba, Serdji Roberto, Buskets, Rakitich, Inesta, Pako Alkaser (Andre Gomesh, 70), Suares, Messi.

Ogohlantirishlar: Kazemiro (12), Umtiti (39), Kovachich (81).

Chetlatish: Ramos (77).


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar