AsosiyShou-biznes

​Rayhon: Haqiqiy erkak bu har qanday vaziyatda ham mehribon va g`amxo`r bo`lib qoladigan otadir (Foto)

'​Rayhon: Haqiqiy erkak bu har qanday vaziyatda ham mehribon va g`amxo`r bo`lib qoladigan otadir (Foto)'ning rasmi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva va uning turmush o`rtog`i Farhod Alimovlarning oilaviy fotosessiya qilgani haqida avvalroq xabar bergandik.

Mazkur fotosuratlarda Rayhon va Farhod ikkalalari birgalikda hamda o`zlariga tegishli farzandlar bilan tushishgandi. Bu holat esa ularning bir-birlarining farzandlari bilan munosabatlari haqida turli mish-mishlar keltirib chiqargandi.

Navbatdagi joylangan suratlarda esa ular birgalikda 5 nafar bola, ya`ni Farhod Alimovning farzandlari Omar, Bernara, Latifa hamda Rayhonning egizaklari Islom va Imronlar tushishgan. Bu esa Rayhon va Farhod Alimovlarning farzandlar borasidagi turli tahminlarga nuqta qo`ydi.

O`zining ushbu oilaviy suratiga Rayhon shunday izoh yozib qoldirgan:

“Haqiqiy erkak bu har qanday vaziyatga qaramay mehribon va g`amxo`r bo`lib qoladigan otadir. U muammolari va qiyinchiliklariga qaramay birinchi navbatda farzandlari haqida o`ylaydi. U farzandlari hech narsaga muhtoj bo`lmasliklari uchun qo`lidan kelganini qiladi. Hudoga ming shukr, men aynan shunday insonni uchratdim”.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar